E'lonlar

29.09.2023

Siz talabamisiz? Fotosurat olishga qiziqasizmi?

Siz talabamisiz? Fotosurat olishga qiziqasizmi? Kelajakda kasbiy faoliyatingizni qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi yoki ekologiya bilan bog‘lashni rejalashtiryapsizmi?  Siz Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishishga hissa qo‘shishga intilasizmi? Unda ushbu fotosuratlar tanlovi (http://project6890718.tilda.ws/page39861838.html) Siz uchun!

Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin?
1 - bosqich. Tanlov mavzusiga bag‘ishlangan 3ta fotosuratingizni yarating. Rasmlar  JPEG formatida va yuqori sifatli bo‘lishi lozim (fotosurat hajmi kamida 1024x768 piksel va 10 MB dan oshmasligi lozim).
2 - bosqich. Fotosuratlar tanlovi qoidalarni  (https://docs.google.com/document/d/1Ai6PbE8y5K27k6Ny3Cc4VhwAouUZ12Ex/edit)o‘rganing.
3 - bosqich. Ushbu havolada (https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd5cJVU5SFE5Gx2IS5usIZlZEyD4K4b6IrGLHD_iX6mjv33Vg/viewform) mavjud bo‘lgan arizani to‘ldiring va fotosuratlar bilan birga yuboring! Fotosuratlar 2023 yil 11 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Eng yaxshi fotosuratlar mualliflarini quyidagi mukofotlar kutmoqda:Noutbuk, Planshet va  Smartfon, shuningdek bir qator rag‘batlantiruvchi sovg‘alar!  G‘oliblar 2023 yil 16 oktyabr' kuni Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan tadbirda e'lon qilinadi