TIQXMMI yangiliklari

img
12.03.2024

Sidqidildan qilingаn mehnatning samarasi

Universitetimizning deyarli bacha kafedralari qoshida talabalarning innovatsion ishlanmalarini amalga oshirish maqsadida to’garaklar tashkil qilingan. Energetika fakultetining Elektrotexnika va mexatronika kafedrasida ham PhD Yoqubjon Cho’lliyev va unga yaqindan ko’mak berib kelayotgan tayanch doktorant Alimardon Mustafoqulovlar rahbarligi ostida faoliyat olib borayotgan “Digital world” nomli to’garagi a’zolari ham shiddat bilan ishlamoqda. Jumladan Republikamizda talabalarning innovatsion g’oyalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkillashtirilgan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqda.

Bu yilgi “Ulug’bek vorislari 2024” tanlovida ham ushbu to’garak a’zolari faol ishtirok etmoqda va Texnika va texnologiyalarning texnik ekspetrizasi va marketing yo'nalishi 310-guruh talabasi Ne'matov Boburjon Samarqand viloyati Bulung‘ur tuman bosqichida 1-o'rinni, Mexatronika va Robototexnika yo'nalishi 209-guruh talabasi Maxkamov Najmiddin Farg'ona viloyati Qo'shtepa tuman bosqichida 1-o'rinni, No'monov Asiljon Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman bosqichida 1-o'rinni qo’lga kiritishdi. Ushbu talabalarimiz maxsus sertifikatlar va 1.8 mln so’mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi. Talabalarimizning kelgusi bosqichlardagi yurishlarida ham omadlar tilab qolamiz. Eslatib o’tamiz “Digital world” to’garagi a’zolarining 12 nafar a’zosi “Ulug’bek vorislari 2023” tanlovida g’olib bo’lgan edi.