TIQXMMI yangiliklari

img
25.01.2023

Shifokor bilan uchrashuv

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqotlar universiteti "Gidrotexnika qurilishi"  fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, fakultet tyutorlari D.Xursandova, X.Saidovalar tashabbuslari bilan Universitet bosh shifokori B.Eshniyozov va hamshira G.Xasanovalar ishtirokida 25 dekabr kuni 4-talabalar turar joyida talaba qizlar bilan  "Favqulodda birinchi yordam" mavzusida  tadbir bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda shifokorlar tomonidan  birinchi tibbiy yordamda qanday muolajalar ko'rsatishi tushuntirildi. Shuningdek, harorat  ko'tarilganda, qon ketganda,  kuyishda,  qon bosimi oshganda, hushdan ketish holatlarida qanday birinchi tibbiy yordamlar  ko'rsatilishini amaliy tarzda ko'rsatildi. Ushbu tadbirdan asosiy maqsad: inson sog'ligini asrab avaylash va  tibbiy ko'nikmalarga ega bo'lishdir.

    Universitet matbuot xizmati