TIQXMMI yangiliklari

img
01.11.2023

Sharqona odob- axloq ,ma'naviyat poydevori

Inson odobining eng muhim ko‘rinishlaridan biri bu ilmni hurmat qilishdir, ilmni hurmat qilgan kishi esa, albatta ustozini hurmat qiladi. Zero, ilmni va ilm ahlini hurmat qilish odobli kishilarning fazilatlaridandir. Shu bilan birga bir-biriga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lmoq, har qanday holatda ham o‘zini tuta bilmoq, o‘zgalarni ham o‘zidek hurmat qilmoq inson odobining asoslari hisoblanadi. Rizouddin ibn Faxruddin “Ahli ayol” kitobida yozadi: “Odam bolasining bahosi, qadru hurmati axloqiga qarab bilinur. Go‘zal axloqli kimsalar eng mo‘’tabar bo‘lib, axloqsizlar esa xalq qoshida qadrsiz bo‘lurlar.

Odam bolasining yosh chog‘ida o‘rgangan odobi qabriga qadar birga yo‘ldosh bo‘lib boradur. Shuning uchun go‘zal axloqni yosh vaqtida o‘rgatish kerak. Go‘zal axloq har bir kishi uchun ham zarur, biroq qizlar uchun ko‘proq zarurdir. Ahloqsiz qizlar xalq orasida yaxshi ism chiqara olmaslar, e’tiborlari ham bo‘lmas. Go‘zal xulqlarning onasi hayo ila iffatdir. Bir qizda agar hayo ila iffat bo‘lsa, unda barcha yaxshi xulqlar jam bo‘ladi”.

Joriy yilning 30 oktyabr kuni "Iqtisodiyot"  fakulteti  xotin-qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova va fakultet tyutorlari Shodiyeva Gulbaxor va Egamova Dilbarlar "Iqtisodiyot"fakulteti talaba qizlari bilan “Sharqona odob -axloq ma'naviyat poydevori” mavzusida ma'naviy ,ma'rifiy ,badiiy tadbir o'tkazdilar.

Tadbirda Ra'no Kodirova Sharqona odob -axloq haqida gapirib , oldindan tayyorlagan qiziqarli o'yinlar tashkil qildi,. Ishtirokchi talaba qizlarni ikki guruhga ajratib savollar bilan murojaat qildi. Faol talabalar Tashakkurnomalar bilan taqdirlanadi. Tadbir turli o'yinlar,sahna ko'rinishlari, savol javoblar bilan  sermazmun, foydali, qizg'in va juda quvnoq otdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin- qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra’no Kodirova ma'lumoti asosida