E'lonlar

02.06.2023

“Seeds for the Future 2023” loyihasi uchun tanlov boshlanganini e’lon qiladi!

HuaweiUzbekistan kompaniyasi O‘zbekistonlik talabalarga “Seeds for the Future 2023” loyihasi uchun tanlov boshlanganini e’lon qiladi!

    SeedsForTheFuture — Huawei kompaniyasining raqamli yechimlar va texnologiyalar sohasida mahalliy isteʼdodlarni rivojlantirishga qaratilgan global taʼlim dasturidir. Pandemiya sababli loyiha O‘zbekistonda so‘nggi uch yil davomida masofadan turib olib borilmoqda, biroq bu yil biz ishtirokchilar uchun mutlaqo yangi format tayyorladik. Qanday deysizmi? Havola  orqali o'ting va tafsilotlarni, shuningdek, ariza berish talablarini bilib oling.

Quyidagi universitetlar talabalari ishtirok etishga taklif etiladi:

•Toshkent shahridagi Inha universiteti

• Toshkent shahridagi Amity universiteti

• Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

• Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

• Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

•"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" MTU

• Samarqand davlat universiteti

• Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

• Toshkent xalqaro ta’lim universiteti

• «Yangi O‘zbekiston» universiteti

•G.V. Plexanov nomidagi REUning Toshkent filiali

 

Arizalar 15.06.2023 yilgacha qabul qilinadi.