“Scopus Award–2019”da kafedra professori taqdirlandi

21.10.2021

“Scopus Award–2019”da kafedra professori taqdirlandi

2018 - yil 23 - martdagi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Elsevier kompaniyasi o’rtasida imzolangan respublika OTMlarini dunyoning yetakchi universitetlari reytingiga kiritish bo’yicha “Ilm-fan – 2020” millliy rivojlanish dasturi doirasida 6 dekabrь kuni “Zarafshon” kontsert zalida yil davomida samarali faoliyat ko’rsatgan O’zbekistonlik yetakchi olimlarni taqdirlash “Scopus Award–2019” marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda Bosh vazir o’rinbosari Аziz Аbduhakimov, vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari vakillari, Elsevier kompaniyasi mutaxassislari, xorijlik ekspertlar, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari va doktorantlar qatorida ET va QTEM kafedrasi professori Obid Tursunov ham ishtirok etdi.

Quvonarli jihati, turli nominatsiyalar bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan respublikamizning 37 nafar olim va tadqiqotchilari qatorida kafedra professori Obid Tursunov ham “Best Scopus Journey” nominatsiya bo’yicha taqdirlandi. Ushbu yutuq institutda, shu jumladan kafedrada faoliyat yuritayotgan yosh izlanuvchilar hamda kelajakda ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishni maqsad qilgan talabalar uchun motivatsiya bo’lib xizmat qilishiga ishonamiz.