TIQXMMI yangiliklari

img
12.11.2023

Sammit doirasida Malayziyaning yetakchi OTMlariga tashrif amalga oshirildi

“QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” ko‘rgazmasi davomida "TIQXMMI" MTU delegatsiyasi QS jahon reytingida yuqori o'rinda turuvchi Malayziyaning Kebangsan Universiteti (UKM, top#200), Menejment va fan universiteti (MSU, top#700) hamda Osiyo-Tinch okeani universitetiga (APU, top#700) tashrif buyurdi. 

Tashrifdan asosiy maqsad ushbu universitetlar faoliyati bilan yaqindan tanishish, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamkorlik yo'nalishlarini aniqlab olishdan iborat bo'ldi.

Shuningdek, UKMda mavjud 5ta tadqiqot klasterlari bilan "TIQXMMI" MTUning Innovatsiya va tadqiqot klasteri hamkorligini yo'lga qo'yish orqali qo'shma innovatsion loyihalarni amalga oshirishga; MSU bilan axborot texnologiyalari va pedagogika yonalishlarida; APU bilan robototexnika, elektroenergetika yo'nalishlarida hamkorlik qilishga kelishib olindi.