TIQXMMI yangiliklari

img
17.11.2023

Rossiyalik pedagog bilan hamkorlik

K.A. Timiryazev nomidagi Rossiya Davlat Agrar universiteti V.P. Goryachkin nomidagi “Mexanika va energetika” institutining “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va robotlashtirish” kafedrasi dotsenti Melikov Aleksey Vladimirovich universitetlar o‘rtasida tuzilgan memorandum asosida “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasiga tashrif buyurdi.

A.V. Melikov shu kunga qadar “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalariga “Mexatronika asoslari” fanidan onlayn tarzda dars o‘tdi. Hozirda ushbu fan bo‘yicha oflayn tarzda darslarni davom ettirib yakunda natijaviy imtihon o‘tkazdi. 

U tashrifi davomida “E va M” kafedrasidagi ilmiy va uslubiy ishlar bilan yaqindan tanishdi hamda kafedraning professor o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari bilan kafedralararo kelajakdagi ishlar rejasi bo‘yicha suhbatlashdi.

Universitet matbuot xizmati