img
15/02/2023

REP-24112021/32 «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilatib sug‘orishning avtomatlashtirilgan tizimi»

Loyihaning nomi:REP-24112021/32 «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilatib sug‘orishning avtomatlashtirilgan tizimi»

Loyihaning rahbari: dotsent Majidov Taxir Shadmanovich

Loyihaning davomiyligi: 10.08.2022-10.08.2024 yy.

Loyihaning budjeti: 420 000 AQSh dollari.

Loyihaning maqsadi: qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda, avtomatlashtirilgan kompleks tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish orqali, suv va energetik resurslarni tejash, qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘z vaqtida samarali suv bilan ta’minlashdir. Natijada, qo‘shimcha qishloq xo‘jalik yerlarini o‘zlashtirish imkoniyati tug‘iladi, hosildorlik oshadi, mehnat xarajatlari kamayadi, aholining daromadlari oshishi natijasida qashshoqlik kamayadi, shunindek, mamlakatda/mintaqada oziq-ovqat xavfsizligining barqarorligi ta’minlanadi.

Loyihani joriy qilish ob’ektlari. Loyiha, Qaraqalpog‘iston Respublikasi (Qaraqalpog‘iston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasining «Suvchilar bog‘i» yordamchi xo‘jaligi, Taxiatosh tumani) hamda Buxoro (Buxoro «Tabiiy resurslardan foydalaninsh» institutining «O’quv ilmiy markazi», Kogon tumani), Qashqadaryo (Qarshi magistral kanallardan foydalanish boshqarmasining bog‘i), Namangan («Samarqand tilla tolasi» fermer xo‘jaligining bog‘i, Yangi Namangan tumani), Surxondaryo («Minal agro» MChJning bog‘lari, Sariosiyo tumani)  va Xorazm («Elyor Mirjalol» feremer xo‘jaligining bog‘lari, Bog‘ot tumani) viloyatlaridagi suv iste’molchilarining bog‘larida amalga oshiriladi. Kelajakda loyiha, O’zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlarining barcha bog‘dorchilik xo‘jaliklarida ham amalga oshiriladi.

Loyihaning joriy qilish ob’ektlari O’zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda tumanlar Irrigatsiya bo‘limlari yordamida tanlab olindi.

Loyihaning asosiy bajaruvchilari:

Tursunov Muxamad Nishanovich   - loyihaning hamrahbari, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Fizika-texnika” instituti qoshidagi «Yarim o‘tkazgichli quyosh elementlari» laboratoriyasining mudiri, t.f.d.

Kan Eduarda Klimentevich – loyihaning Ijrochi menedjeri,  «TIQXMMI» MTU ”Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti, t.f.n.

Abdullayev Zafar Sayfutdinovich – loyihaning dasturiy ta’minoti bo‘yicha mutaxassisi, «TIQXMMI» MTU “Axborot texnologiyalarikafedrasi mudiri, f-m.f.n.

Bozorov Elmurad – loyihaning avtomatik boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etish mutaxassisi, «TIQXMMI» MTUTexnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasining dotsenti, t.f.n.

Djalilov Axmadjan – loyihaning tomchilatib sug‘orish bo‘yicha mutaxassisi, ekspert O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qoshidagi Toshkent shahri va Toshkent viloyati Ekspertiza boshqarmasining eksperti (o‘rindoshlik asosida).

Buvabekov Baxtiyor Ibroximovich – loyihaning tadqiqotchisi, «TIQXMMI» MTU tayanch doktorantura doktoranti.

Turdiyev Akbarali Usmonovich - loyihaning tadqiqotchisi, «TIQXMMI» MTU «Gidravlika i gidroinformatika» kafedrasining magistri.

 

«Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini tomchilatib sug‘orishning avtomatlashtirilgan tizimi» pdf