TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2023

Rektor kubogiga saralash musobaqalari

2023 yil 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilishda berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash maqsadida rektor kubogi tashkil etildi. Ushbu kubogda ishtirok etish uchun joriy yilning 17 aprel kuni “Gidrotexnika qurilishi” fakultetida tahsil olayotgan talaba-yoshlar spotning futbol, voleybol, basketbol, shaxmat va stol tennisi turlari bo‘yicha saralash musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqani Prorektor R.Choriev va fakultet dekani B.Hasanovlar ochib berdi. 5 turdagi sport musobaqalari qizg‘in tarzda o‘tkazildi.

G‘olib jamoalar quyidagicha aniqlandilar:

Shaxmat bo‘yicha

1-o‘rinni 107-guruh talabasi Qilichov Doniyor Erkin o‘g‘li

2-o‘rinni 205-guruh talabasi Barotov Doston Rabbim o‘g‘li

3-o‘rinni 304-guruh talabasi Islomov Ixtiyor Abduvohid o'g'li

Futbol bo‘yicha

1-o‘rinni 2-kurs terma jamoasi

2-o‘rinni 4-kurs terma jamoasi

3-o‘rinni 3-kurs terma jamoasi

Voleybol bo‘yicha

Qizlar

1-o‘rinni 2-kurs terma jamoasi

2-o‘rinni 1-kurs terma jamoasi

3-o‘rinni 3-kurs terma jamoasi

         Yigitlar

1-o‘rinni 2-kurs terma jamoasi

2-o‘rinni 3-kurs terma jamoasi

3-o‘rinni 1-kurs terma jamoasi

Stol tennisi bo‘yicha

Qizlar

1-o‘rinni 110-guruh talabasi Turdialiyeva Feruza xxx

2-o‘rinni 308-guruh talabasi Muminova Shaxzoda Turdiali qizi

3-o‘rinni 310 guruh talabasi Raxmanova Gulbanu Rashid qizi

         Yigitlar

1-o‘rinni 103-guruh talabasi Avazov Sherzodbek Shuxratbek o‘g‘li

2-o‘rinni 205-guruh talabasi Pardayev Shohruh Jahongir o‘g‘li

3-o‘rinni 208-guruh talabasi Odilbekov Fozilbek Abdusalom o‘g‘li

Basketbol bo‘yicha

1-o‘rinni 2-kurs terma jamoasi

2-o‘rinni 1-kurs terma jamoasi

3-o‘rinni 3-kurs terma jamoasi

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Azimov axboroti

Universiteti matbuot xizmati