TIQXMMI yangiliklari

img
14.09.2023

“QXM” Fakultetida dekan kubogi

Joriy yilning 12-14 sentyabr kunlari “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 1-kurs talabalar guruhlari o‘rtasida “Talabalar ligasi” doirasida sportning 5 turi (mini-futbol, shaxmat, voleybol, stol-tennis, basketbol)  turlari bo‘yicha  “Dekan kubogi” musobaqasiga start berilgan edi.

  

Ushbu musobaqalar yuqori darajada bo‘ldi va qizg‘in davom etdilar. Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarni taqdirlash uchun rektor maslahatchisi Abdusamatov Anvar Abdurashidovich, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo‘yicha prorektor Choriyev Roʻzimurat Kungratovich, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Haydarov Zuhriddin Rabievich, fakultet dekani Shavazov Qodirjon Ochilovichlar ishtirok etdi va g‘oliblarda estalik sovg‘alarni topshirdilar.

 

Tadbir so‘ngida talabalar ushbu musobaqalarni tez-tez o‘tkazib turish bo‘yicha o‘zlarini takliflarini bildirib o‘tdilar. Barcha talabalarning o‘qish va ishlarini omad tilab qolamiz.

 

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”  fakulteti

Yoshlar bilan ishlash  bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Borotov  Axboroti

Universitet matbuot xizmati