TIQXMMI yangiliklari

img
19.05.2023

Qurolli Kuchlar davlat muzeyi – harbiy tariximiz oynasi

Joriy yil 18-may kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori U.Usmanov tashabbusi bilan 1- kurs 102-guruh talabalari ishtirokida 18-may xalqaro muzeylar kuni munosabati  bilan “Qurolli Kuchlar davlat muzeyi”ga sayohat uyushtirildi.

Dastlab “Vatanga qasamyod” monumentining ziyoratidan boshlangan sayohat, muzey ekspozitsiya zallari bo‘ylab davom etdi. Ekskursiya davomida talabalarga tarixiy eksponatlar, milliy armiyamizning shakillanishi va rivojlanish tarixi taniqli harbiy qo’mondonlarimiz, sobiq ittifoq davridagi armiya hamda qurol-yarog‘lar haqida ma’lumotlar berildi.

“Qurolli Kuchlar davlat muzeyi”ga sayohat qiziqarli, mazmunli va taasurotlarga boy bo‘ldi.

Universitet matbuot xizmati