TIQXMMI yangiliklari

img
12.02.2024

Qoshingizda jam bo‘ldik takror...

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Energetika fakulteti  Joriy yilning 9-fevral sanasida fakultet professor o‘qituvchilari, tyutorlar va iqtidorli faol talabalar bilan birgalikda Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligini keng nishonlash uchun Adiblar xiyoboniga tashrif buyurildi. Universitetimizga biriktirikgan O‘zbekiston qahramoni, shoir Abdulla Oripov haykali yonida g‘azalxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqan ustozlar she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hayoti va ijodadidan yana bir bor talaba yoshlarga so‘zlab berildi. Shundan so‘ng iqtidorli va faol talabalar tomonida tayyorlangan g‘azallar, she’rlar va jonli tarzda kuylangan kuy qo‘shiqlar kelgan barcha mehmonlarni dilini hushnud ayladi. Tadbir ko‘tarinki ruhda davom etib, keyingi manzilimiz Alisher Navoiy haykal oldida davom etdi.

"Energetika" fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati