TIQXMMI yangiliklari

img
17.10.2022

Qiziqarli fan mavzusidagi suhbat

        "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari fakultetga qarashli 1-sonli talabalar turar joyi (TTJ) ga tashrif buyurib “Geometriya eng qadimgi va qiziqarli fan” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida katta o’qituvchi A.E. Urishev fan tarixiga oid keltirgan qiziqarli ma’lumotlari birinchi va ikkinchi kurs talabalari bilan birga tarbiyachi pedagog Asrorova Mahfuza Ashurovna uchun ham yaxshi yangilik sifatida qabul qilindi. Tadbir so‘ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish bilan bir vaqtda fandagi muammollar haqida ham fikr bildirishdi.

"Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati