TIQXMMI yangiliklari

img
30.12.2021

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yarmarkasi bo'lib o'tdi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Kasaba uyushmasi qo'mitasi tashabbusi bilan qishloq xo'jaligi mahsulotlari yarmarkasi bo'lib o'tdi.

Yangi yil bayrami arafasida aholi dasturxonining to‘kin-sochinligini ta’minlash, narx barqarorligini saqlash maqsadida Unviversitetimiz hamda Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan qishloq xo’jaligi maxsulotlari yarmarkalarini tashkil etish an’anaga aylangan.

Shuningdek “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Toshkent viloyati O’rta chirchiq tumani o’quv amaliyot bazasida etishtirilgan guruch maxsulotlari bepul tarqatildi.