TIQXMMI yangiliklari

img
11.05.2024

“Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XXIII - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy – amaliy anjumani

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislar instituti" Milliy tadqiqot universitetida “Qishloq va suv xo‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzusidagi an’anaviy XXIII - yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy – amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yoshlar akademiyasi rahbari ishtirok etdilar. Yosh olimlar va tadqiqotchilar tomonidan ushbu konferensiyaga 500 ga yaqin maqolalar kelib tushgan. Ular ikki kun davomida o‘z yo‘nalishlaridan kelib chiqib 11 ta sho‘balarda ilmiy maqolalarini himoya qiladilar.