TIQXMMI yangiliklari

img
13.11.2023

“Qishloq va suv xo‘jaligida energiya tejash muammolari” mavzusida muammoli ma’ruza tashkil etildi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasining xalqaro hamkorlik faoliyatini rivojlantirish rejasiga asosan Qozog‘iston Milliy Agrar ilmiy tadqiqot universiteti  t.f.d., Qozog‘iston milliy akademiyasi akademigi Keshuov Seytkazi Asilseitovich tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida “70810501- “Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti” va “70710704- Elektrotexnologik jarayonlar va qurilmalar”(tarmoqlar bo‘yicha)  magistratura mutaxassisligidagi magistrantlarga  “Qishloq va suv xo‘jaligida energiya tejash muammolari” mavzusida muammoli ma’ruza tashkil etildi.