TIQXMMI yangiliklari

img
25.05.2023

Professor-o‘qituvchilarimiz “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirida

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi», degan g‘oya asosida umummilliy ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga misli ko‘rilmagan e’tibor qaratilmoqda. Bularning barchasi yurtimizda Uchinchi Renessans –milliy taraqqiyotimizning yangi davri poydevorini yaratishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim masalalardan biridir. Universitetimiz Toshkent viloyati Piskent va Nurafshon shaharlaridagi umumta’lim maktablar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan Nurafshon shaharlaridagi 13 va 73 maktablardagi “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

13 - umumta’lim maktabidagi “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirida Toshkent viloyati hokimi Mirzayev Zoyir Toirovich ishtirok etib bitiruvchi o‘quvchilarga prezident tabrigini o‘qib eshittirdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari mazkur maktablardagi bitiruvchi o‘quvchilarga universitet rektori va jamoasining tabrigini yetkazishdi.

Universitet matbuot xizmati