TIQXMMI yangiliklari

img
16.05.2022

Polshadagi qoʻshma xalqaro konferensiya o‘z ishini yakunladi

Joriy yilning 13-14-may kunlari Polshaning Krakov Texnologiya Universiteti (QS 801) tomonidan har yili an’anaviy tarzda tashkil etilib kelinayotgan X INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE ARCH – ECO iqtidorli bakalavr, magistr va aspirantlarning xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. E’tiborli jihati, bu yilgi Arch-Eco konferensiya universitetimiz bilan qo‘shma hamkorlikda tashkil qilindi. Xalqaro konferensiyaning tantanali ochilish marosimida universitetimiz Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Abdulhakim Salohiddinov va universitet professori Obid Tursunov lar nutq so‘zlashdi. Bundan tashqari ushbu konferensiyada “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va kafedraning bir qator iqtidorli magistrlari Zoom platformasi orqali online tarzda ishtirok etishdi.

Konferensiyaning “Yangi shaharlarning barqaror rivojlanishida qayta tiklanuvchi energiyaning o‘rni”(Role of Renewable Energy in Sustainable Development of New Cities) seksiyasida kafedra professori Obid Tursunov kirish so‘zi bilan konferensiyaning ikkinchi kunini ochib berdi. Shundan so‘ng kafedra dotsenti Jurabek Izzatillayev, tayanch doktoranti Alisher Davirov va kafedra ikkinchi bosqich magistrlari Islom Karimov, Raximjon Qobilov, Sayod Saminovlar o‘zlarining bugungi kunda olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida tayyorlagan taqdimotlari bilan faol qatnashishdi.

 

Konferensiya so‘ngida barcha ishtirokchilar xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi

tayanch doktoranti N.Abdug‘aniyev axboroti

Universitet matbuot xizmati