TIQXMMI yangiliklari

img
25.01.2023

O'zlikni anglash san'ati

         Joriy yilning 23 yanvar kuni “TIQXMMI” MTU 3-TTJda Xor jamoasi vakillari bilan universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova “Xarakter va uning xususiyatlari” mavzusida tadbir tashkil etdi. Tadbirda xarakter tug'ma o'zgarmaydigan xususiyat emasligi, u kishining hayot sharoitlarga bog'liq holda tarkib topib, o'zgaruvchan va tarbiyalanuvchanligi, maxsus sharoitda, maxsus ta'lim-tarbiya ta'sirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkinligi haqida qizg'in so'z yuritildi. Tadbir davomida ishtirokchilarning tashqi va ichki “Men”larini aniqlashtirishga mo'ljallangan “Hayvonot bog'idagi voler” testi o'tkazildi va interpretatsiya qilindi. Tadbirda 3-TTJ tarbiyachi pedagogi N.To'raqulova ham o'z fikr mulohazalari bilan faol ishtirok etib, talaba yoshlarning hayotida dasturilamal bo'la oladigan maslahat va tavsiyalarini berib o'tdi.

 Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati