TIQXMMI yangiliklari

img
13.10.2023

“Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi” ga sayohat

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot univesiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori hamda 1-kurs talabalari joriy yilning 12-oktabr kunlari Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzey Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy va maʼnaviy obidalarini saqlash va oʻrganish boʻicha mamlakatda yirik ilmiy tekshirish markazi hisoblanadi.

Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanganligini  buning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortigʻini etn. yodgorliklari tashkil etganligini unda mahalliy oʻlkashunoslar, oʻtmish bilan qiziquvchi havaskorlardan toʻplangan oʻlka tarixiga oid numizmatika, arxeologiya, uy-roʻzgʻor buyumlari va fotosuratlardan iborat kolleksiyalar ham mavjudligini arxeologiya fondida arxeologik yodgorliklardan topilgan ashyolar, devoriy tasvirlar, uy-roʻzgʻor anjomlari, mehnat qurollari, qadimiy yozuvlar tasvirlangan ashyolar va boshqalar buyumlar saqlanganligini numezmatika fondida esa eng qadimiy davrlardan to shu kungacha zarb etilgan oltin, kumush, mis tangalar, pullar, oltin va kumush medallar va podsho sulolalarining muhrlari jamlanganligini ko`rib vatanimiz tarixi bo`yicha o`zlari bilishmagan ulkan taassurotlarga ega bo`lishdilar.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Axmedova axboroti

 Universitet matbuot xizmati