TIQXMMI yangiliklari

img
24.10.2023

“Orolbo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish”

O‘zbekiston Resublikasi Prezidentining 2022 yil 27 sentabrdagi PQ-381-sonli qaroriga asosan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Orol bo‘yi havzasida suv resurslarini iqlim o‘zgarishiga mos holda boshqarish» loyihasi bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasida iqlim o‘zgarishiga mos qo‘shimcha yangi investitsiya loyihalarini aniqlash, tumanlarda olib borilgan o‘rganishlar natijalarini hamda “Amudaryo havzasida barqarorlikni ta’minlash” dasturini muhokama qilish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 2023 yil 20 oktabr kuni Toshkent shahridagi “City Palace” mehmonxonasining “Grand Ball Room” zalida seminar tashkil etildi.

Seminar treningda Osiyo taraqqiyot banki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi,  Ekologiya, atrof muxitni muxofaza qilish va qilim o‘zgarishi vazirligi, Gidrometeorologiya xizmat vazirligi, O‘zbekgidroenergetika AJ, O‘zbekgidrologiya davlat muassasi O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Axborot tahlil va resurs markazi, O‘zsuvloyiha AJ va O‘zGIP MCHJ tashkilotlari qatnashdilar. Shuningdek Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 12 oktabrdagi 02/32-3304-son xatiga asosan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti professori, q.x.f.d. Isayev Sabirjan Xusanbayevich, Ekologiya va suv resurslari kafedrasi mudiri, t.f.f.d. Xamidov Avaz, “Suvtejamkor sug‘orish texnologiyalar” magistratura mutaxasislari Yuldashev Ramazan Xasan o‘g‘li ishtirok etishdilar.

 Olib borilgan trening kurs seminarda keyingi yillarda iqlim o‘zgarishida suvresurslaridan samarali foydalanishda universitetimiz professor o‘qtiuvchilari olgan bilim va ko‘nikmalarini kelajakda bakalavur va magistrlarni o‘qitishda foydalanishi uchun juda ko‘ qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdilar.

Shuningdek seminar davomida 4 ta sektorda investitsion loyihalar ro‘yhatini shakllantirish, zamonaviy uslublardan foydalangan holda ustivor loyihalarni saralash hamda ahamiyatlilik darajalarini belgilash masalalarini muhokama qilindi.

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori Isayev S.X. Axboroti