TIQXMMI yangiliklari

img
09.10.2023

“Oliy ta’lim a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlanishdi

Fidokorona xizmatlari hamda talim tizimidagi sadoqati va kreativ faoliyati bilan ajralib turadigan, kop yillik ish tajribasiga ega bolgan ustozlarni ragbatlantirish  doimiy etibor va ehtiromning belgisidir.

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 1-oktabr – “O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli ta’lim olishida o‘zining fidokorona mehnati bilan namuna bo‘layotgan, tizim rivoji uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan universitetning quyidagi professor-o‘qituvchilari “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Universitetimiz rektori Bahodir Mirzayev rektoratning kengaytirilgan kengashida quyida nomlari keltirilgan professor o‘qituvchilarga ko‘krak nishonlarni tantanali tarzda topshirdi.

T/r

F.I.Sh.

Lavozimi

1.

Xodjayev Dadaxan  Akmarxanovich

O’quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i

2.

Begmatov Ilxom Abduraimovich

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi mudiri

3.

Mirzayev Sayibdjan Sabitovich

“Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti

4.

Turkmenov Xasan Ishimovich

“Umumtexnik fanlar” kafedrasi mudiri

5.

Baratov Rustam Jalilovich

“Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi mudiri

Ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarning har biri bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravaridagi pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mamatkulov Zohid Jonqobilovich 1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Respublika oliy ta’lim tizimidagi faol ilmiy-pedagogik, tashkiliy faoliyati uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 

          Universitet matbuot xizmati