TIQXMMI yangiliklari

img
07.06.2023

Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi “International house” Akademik Litsey ma’muriyati bilan hamkorlikda “TIQXMMI” Milliy tadqiot universitetiga ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Ochiq eshiklar kuni davomida yangi ochilgan yo’nalishlar va yaratilgan imkoniyatlar xalqaro loyihalar, innovatsion laboratoriyalar va universitet innovatsion klasteri haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ochiq eshiklar kuni davomida universitetimiz innovatsion klasteri faol talabalaridan iborat “Students union” va “Alif” jamoalari tomonidan abiturientlarga universitet haqida ma’lumot berildi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti qoshidagi “International house” Akademik Litsey ma’muriyatiga ochiq eshiklar kunida tashabbus ko’rsatganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. 

 Universitet matbuot xizmati