TIQXMMI yangiliklari

img
12.02.2024

NSP almashinuv dasturi boyicha Yevropada talim olayotgan talabalarimiz

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti talabalari Shamsiddinov Xushnudbek, Reimbayev Mardonbek, Abdukadirova Kamila, Kopalov Bexruzbek, Xamdamboyeva Aziza va Mamajonov Mo’minmirzolar Slovakiya Respublikasida ta’lim olish uchun tashrif buyurishdi. National Scholarship Program (NSP) dasturida g’oliblikni qo’lga kiritgan ushbu talabalarimiz suv xo’jaligi, qishloq xo’jaligi va atrof muhitga oid fanlarni o’qib qaytadi, bundan tashqari ularga Slovak tashkilotchilari tomonidan oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.  Hozirda ular “Nitra Qishloq xo’jaligi universiteti” ning “Horticultural and Landscape engineering” va “Engineering” fakultetida o’qishni boshlashdi. Darslar asosan ingliz tilida o’qitiladi, ularga darslardan tashqari ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanish uchun maxsus laboratoriyalarda ilmiy ishlar olib borish uchun imkoniyatlar yaratilib berildi.