Nargizaxon Xoliqova Abduvalievna «Eng yaxshi ixtiro va eng yaxshi foydali model” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

21.10.2021

Nargizaxon Xoliqova Abduvalievna «Eng yaxshi ixtiro va eng yaxshi foydali model” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

“O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi

Mamlakatimiz xotin-qizlarining innovatsion g‘oyalari, loyiha va ishlanmalarini joriy etishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, fan-ta’lim va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning amalga oshirayotgan loyihalari samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi  va O‘zbekiston ixtirochi ayollari markazi tashabbusi bilan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” Respublika tanlovi  o‘tkazildi.

O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» Respublika tanlovida olima ayollar, o‘qituvchi, ixtirochi, injener, konstruktor, dasturchi, shifokor, farmasevt, mutaxassis, tadbirkor va hunarmand xotin-qizlar hamda iqtidorli talaba va o‘quvchi qizlar o‘z ixtirolari, innovatsion g‘oya va loyihalari bilan ishtirok etishdi. Tanlov 3 bosqichda  tashkil qilindi. Tanlovga 4000 dan ortiq arizalar kelib tushgan.

Tanlovning yakuniy bosqichida tuman va shahar (viloyat) bosqichlaridan muvafaqqiyatli o‘tgan 300 dan ziyod ishtirochilarning hujjatlari va innovatsion loyihalari Respublika Ekspertlar Kengashi tomonidan ko‘rib chiqildi hamda ularning taqdimotlari eshitilib, keng muhokama qilindi. Loyihalar ichidan 100 ta eng munosib loyihalar va ularning mualliflari-tanlov g‘olibi sifatida tanlab olindi.

2020 yil 28 fevralda Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi  va O‘zbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» III respublika tanlovi g‘olibalarini taqdirlash tadbiri “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining  “Traktor va avtomobillar” kafedrasi dotsenti, texnika bo‘yicha falsafa doktori Nargizaxon Xoliqova Abduvalievna «Eng yaxshi ixtiro va eng yaxshi foydali model” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. TABRIKLAYMIZ ! ! ! ! ! !