TIQXMMI yangiliklari

img
03.04.2024

Mutolaadan maqsad mushohada

Kitobga oshna inson ma’rifatga tashna insondir. Shunday ekan  mutolaani ham o’ziga xos sirlari bor. Uni kitobxonga taqdim etishning usullaridan unumli foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.

Bugun universitetimizda tashkil etilgan tadbir ana shu jihati bilan e’tiborga molik bo’ldi. "Mutolaa" loyihasining rahbari SIROJIDDIN OLIMOV bilan ijodiy muloqot  ana shu maqsadda tashkil etildi.

Joriy yilning 2-aprel kuni soat 10:20 da G bino 1-ma'ruzalar zalida o’tkazilgan seminar-trening kitobxon talabalarni bir joyga jamladi. Sirojiddin Olimov ishtrokidagi mutoala ta’lim platformasi va uning mazmun – mohiyati, audio tarzdagi tavsiya etilgan kitoblar ro’yxati talabalarda katta taassurot qoldirdi.

U o’z rafiqasi bilan Shotlandiyaga borgani, ko’pgina hayotiy tajribalar orttirgani bilan bog’liq tafsilotlarni so’zlab berdi. “Gidromelioratsiya” fakulteti talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan davraga jon kiritdi.

Bilim manbayi bo’lgan kitobga munosabat nihoyatda muhim. Endilikda audio vizival tarzda tarqatiladigan kitoblar ham ma’rifat bulog’idir.

Universitet matbuot xizmati