TIQXMMI yangiliklari

img
28.05.2022

Milliy kurash bo‘yicha rektor kubogi

“Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash” fakulteti 2-kurs 209-guruh talabasi Xamzayev Jamshid 2022 - yilning 28 - may kuni Toshkent davlat agrar universiteti “Agrar sport” klubida, barcha oliy o‘quv yurtlarining talabalari o‘rtasida sportning “Milliy kurash” turi bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqasida faol ishtirok etib 66 kg vaznda 1-o‘rinni egallaganligi uchun 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. Talabamiz Jamshidjonga keyingi ishlarida ham omadlar tilab qolamiz.

Universitetimiz Jamshid kabi talabalarimiz bilan doimo faxrlanadi.

                                

            “QXM” fakulteti Tyutori A.Xaydarov axboroti

             Universitet matbuot xizmati