TIQXMMI yangiliklari

img
25.05.2022

Mehnatning samarasi

2022 - yil 24  may kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti B-bino 109-o‘quv xonasida “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti "Axborot texnologiyalari" kafedrasi assistenti Ziyaeva Sholpan Kudaybergenovnaning uzoq yillik ilmiy-pedagogik faoliyatining samarasi va e’tirofi sifatida Maxpirat nomidagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon Fanlar akademiyasi Prezidiumining qarori bilan Sholpan Kudaybergenovna Ziyaevaga Faxriy dotsent ilmiy unvoni berildi.

Tadbirni fakultet dekani R.Xakimov tabrik so‘zi bilan ochib berib, Sh.Ziyaevaning kafedradagi ko‘p yillik pedagogik faoliyatiga baho berib, ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi. Unvonni Turon Fanlar akademiyasi Prezidenti, tarix fanlari doktori, akademik Haydarbek Nazirbekovich Bobobekov topshirdi. Fakultet jamoasi tomonidan Sh.Ziyaevani samimiy muborakbod etamiz.

SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati