E'lonlar

20.04.2022

“Mamlakatlar va hududlarning barqaror rivojlanishi uchun bioiqtisodiyot” nomli birinchi xalqaro ilmiy-amaliy forum bo‘lib o‘tadi

“Mamlakatlar va hududlarning barqaror rivojlanishi uchun bioiqtisodiyot” nomli birinchi xalqaro ilmiy-amaliy forum bo‘lib o‘tadi. Forumda kimlar ishtirok etadi?  Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekistonning bioiqtisodiyot sohasidagi olimlari va ekspertlari. Forum Latviya Hayot fanlari va texnologiyalar universiteti rahbarligidagi Yevropa Ittifoqining “ERASMUS+” dasturi tomonidan moliyalashtiriladigan “BioEcUz” konsorsiumi tomonidan “O‘zbekistonda bioiqtisodiyotni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi magistratura dasturi” № 619294-EPP-1- 2020-1-LV-EPPKA2-CBHE-JP, loyihasi doirasida tashkil etiladi. 27-28 aprel kunlari  O‘zbekiston Respublikasi Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialida (Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Dahbed shaharchasi, Amir Temur ko‘chasi, 7 uy)

Qo‘shimcha ma’lumot va maqolangiz bilan ishtirok etish uchun quyidagi elektron pochta manzillari orqali bog‘laning : Email: international@tiiame.uz, Telefon: 71-2370987