TIQXMMI yangiliklari

img
28.10.2023

Maktab bilan hamkorlik

“Elektrotexnologiya va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasiga biriktirilgan Piskent tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabida tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq oktabir oyida bajarilgan ishlar bo‘yicha Kafedra dotsenti N.Nuraliyeva hamda katta o’qituvchi Sh.Yusupov Toshkent viloyati piskent tumanidagi 10-son umumta’lim maktabi  bitiruvchi sinf o’quvchilari  hamda fan o‘qituvchilariga ta’lim sifatini yaxshilash choralari bo‘yicha seminar-trening tashkil qilindi. Maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilariga  universitet ta’lim yo‘nalishlari  bo‘yicha  ma’lumotlar  berildi.

O’tkazilgan master-klass davrasida o’qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarini berib fikir almashdilar. Qiziqarli baxs muzokaralar o’tkazilib bitiruvchi sinflarga motevatsiya berish sifatida keyingi oy uchrashuviga bitiruvchilarning ota-onalarini ham chaqirib ular bilan ham uchrashuv kangreslarini tashkil qilish fikirlarini bildirdilar.