TIQXMMI yangiliklari

img
13.05.2022

Maktab bilan hamkorlik

Piskent tumanida joylashgan 29-umumta'lim maktabi Gidrotexnika qurilish fakulteti Chizma geometriya muhandislik grafikasi kafedrasiga biriktirilgan.

 Shu munosabat bilan kafedraning professor-o’qituvchilari tomonidan so’ngi tashrifi 11-may kuni amalga oshirildi va kafedra tashabbusi bilan 12-may 29-maktab o’qituvchi va o’quvchilari tashrifi amalga oshirildi

Tashrif davomida oqituvchilar rahbarligida oquvchilar tomonidan sahnalashtirilgan manaviy-ma'rifiy tadbir otkazildi. Oquvchilar oz chiqishlari bilan barchani lol qoldirishdi, tadbir songida kafedra professor-oqituvchilari tomonidan esdalik sovgalar bilan taqdirlanishdi.

12-may kuni bo'lib o'tgan 29-maktab o’qituvchi va o’quvchilari tashrifi davomnida o’qituvchilar rahbarligida o’quvchilar "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" kafedrasi faoliyati o’quv auditoriyalari, kompyuter sinfi bilan tanishdilar so’ngra, Universitetitimizda mavjud bo’lgan yo’nalishlar va ularni tamomlagan talabalarning kelajakdagi faoliyati haqida kafedra mudiri J.A. Qosimov to’laligicha ma’lumot berib o’quvchi yoshlarni  ertangi kelajagini aynan Milliy tadqiqot universitetida olib borishida o’z maslahat tavsiyalarni berdi.

Talabalar o’quv va ishlab chiqarish laboratoriyalarni ko’zdan kechirar ekanlar ulardagi havas va universitetga uyg’ongan muhabbatlari ertangi kelajagimiz talabalari bo’lishi uchun xizmat qilsa ne ajab!

Universitet matbuot xizmati