TIQXMMI yangiliklari

img
29.11.2023

Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti talabalari orasida “KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI” mavzusidagi eng yaxshi rasm ko‘rik tanlovi o‘tkazildi, shuningdek tanlovga ma’sul qilib “Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi” kafedrasi professor o‘qituvchilari tayinlandi.

Tanlov jarayonida 16 nafar faol talabalar o‘z ishlari bilan ishtirok etishdi. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan keskin kechgan baxs-munozaralar natijasida 3 nafar g‘olib aniqlandi.