TIQXMMI yangiliklari

img
16.02.2024

Korrupsiya kelajak kushandasi

(KORRUPSIYAMILLAT TARAQQIYOTINING KUSHANDASI) Joriy yilning 15-fevral kuniToshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutimilliy tadqiqot universitetidaKorrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar toqnashuvini boshqarishmavzusida seminar bolib otdi. Seminarda “Energetika” fakulteti dekani A.Isaqov, dekan o‘rinbosari A.Botirov, “O‘zsuvta’minot”AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat xizmati inspektori O.Radjabov, “Musaffo obi hayot magistral suv ta’minoti” AJ bosh muhandisi D.Tashmatov, “TIQXMMI” MTU Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat tizimi boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov,  Yunusobod IIOFMB 5-IIB XPB katta inspektori A.Ubaydullaev hamda Texnologik  jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, Axborot tizimlari va texnologiyalari, Muqobil energiya manbalari, Elektr energiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 48 nafar 4-kurs talabalari ishtirok etdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun va mohiyati tushuntirildi hamda ichimlik suvidan oqilona foydalanish va uni isrof qilishning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarda faollar imkoniyatlarini kengroq jalb qilish masalalari ilgari surildi.

Shu bilan birgalikda iste’mol qilingan suv uchun to‘lovlarni elektron tizimlar orqali amalga oshirishni keng targ‘ib qilish va har bir iste’molchi uchun “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan joriy etilgan “shaxsiy kabinet” xizmatining afzalliklari tushuntirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2014 yildagi 194-sonli qarorida qayd etilgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan suv tashkiloti bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida tushunchalar berildi. So‘ngi yillarda mamlakatimizda sanoat korxonalari va xalq xo‘jaligi tarmoqlarida yuksalish, iqtisodiy rivojlanish yuzasidan ancha ishlar amalga oshirilganligi, tabiiy boyliklarning, xususan suv resurslarining chegaraganligi, undan oqilona foydalanish shu kunning eng muhim dolzarb vazifalaridan biriga aylanib qolganligini aytib o‘tildi.

Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi. Yig‘ilish universitet bitiruvchilarida katta ta’ssurot uyg‘otdi.

Yig‘ilish “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ raisi Abbasxanov Maqsud Numanovich tashabbusi bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan maxsus auditoriyada bo‘lib o‘tdi.

“Energetika” fakulteti dekani muovini Abror Botirov axboroti

Universitet matbuot xizmati