TIQXMMI yangiliklari

img
09.12.2023

Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh qonundir

Shu kunlarda barchamiz tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligini ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlamoqda. Bilamizki, xar qanday davlatning yuzi, obro‘ - e’tibori uning Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh qonundir O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan  “Ekologiya va Huquq”  fakulteti Xotin qizlar kengashi  talaba qizlar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbirni Xotin qizlar masalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Mamadaminova, Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti X.Botirova, fakultet tyutori I.Ahmedovalar ishtirok etdi. Tadbirda aynan yuqoridagi fikrlar ta’kidlab o‘tildi.

 Konstitutsiyamizni doimiy va chuqur o‘rganish, uni hayotimizning dasturulamaliga aylantirish va shu asosda huquq va erkinliklarimizni ro‘yobga chiqarish hamda boshqa kishilarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish barchamizning burchimiz ekanligi takidlandi.