TIQXMMI yangiliklari

img
11.11.2023

Ko‘krak nishoni muborak bo‘lsin

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar bilan ishlab bo‘yicha dekan o‘rinbosari, “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalar” kafedrasi dotsenti Borotov Atxam Nurmuxammadovich Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovlarida bir necha marotaba faol ishtirok etganligi munosabati bilan «Scientific Academy» ilm ma’rifat markazi tomonidan «FAOL TADQIQOTCHI» Esdalik Ko‘krak nishonlari, Esdalik Ko‘krak nishon belgisi, Maxsus Guvohnoma va Esdalik qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Joriy yilning fevral va iyul oylarida «Best Publication» ilmiy tadqiqotlar markazlari  va «Ustozlar uchun» ilmiy nashrlar markazilari tomonidan «TA’LIM IFTIXORI» hamda «TA’LIM SOHASIDAGI XIZMATLARI UCHUN» Esdalik Ko‘krak nishonlari, Esdalik Ko‘krak nishon belgisi, Maxsus Guvohnoma va Esdalik qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan edilar. Atxam Borotovning kelgusidagi ilmiy ishlariga omad tilab qolamiz.

Universiteti matbuot xizmati