TIQXMMI yangiliklari

img
26.09.2023

Kelgusi yildan boshlab Milliy tadqiqot universitetida yog‘ochsozlik sohasi uchun kadrlar tayyorlash reja qilinmoqda

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Avstriyaning “FELDER Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Yog‘ochga ishlov berish innovatsion markazi” tashkil etish va yog‘ochga ishlov beruvchi 8 dona zamonaviy dastgohlar, shu jumladan 3 ta avtomatlashtirilgan boshqaruvli dastgohni o‘rnatish boshlandi.

Universitetimiz mazkur kompaniya bilan hamkorlikda 2024 yildan boshlab qurilish materiallari (yog‘ochsozlik) bo‘yicha oliy malakali kadrlarni tayyorlash hamda soha mutaxassislarini o‘qitishni reja qilgan.