TIQXMMI yangiliklari

img
28.05.2023

Katta hayot yo‘lida ildam qadam

Ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, maktabda olgan bilimlar ustozlarning mehribonligini hamon esimizdan chiqarmaymiz, doim yodimizda. Bejiz aytishmaydi yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan naqqsh kabidir, deb. Ana shu bilimlarning sarhisobi bugun so‘nggi qo‘ng‘iroqdan keyin boshlanadi.

Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash zamon taqozosi. Aqliy zakovat va ruhiy – ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir. “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi professor – o‘qituvchilari tomonidan 25.05.2023 kuni Piskent tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 30 va 39-sonli umum ta’lim maktablariga tashrif buyurilib, maktab bitiruvchilariga katta hayot yo‘lida ildam qadam qo‘yishlari uchun ularni tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab, sovg‘alar topshirildi. Hamkorligimiz abadiy bo‘lsin.

                  Universitet matbuot xizmati