TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2024

Katta g‘alabalar kichiklarini yutishdan boshlanadi

Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug‘bek Ko‘ragon — Temuriylar davlatining hukmdori, Sohibqiron Amir Temurning farzandi Xuroson hukmdori Shohruh Mirzoning o‘g‘li. Buyuk o‘zbek olimi astronom va matematik. Mirzo Ulug‘bek 1411-yildan 1449-yilgacha “Movarounnahr” bugungi O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Janubiy Qozog‘iston, Eron va Afg‘oniston Turkistonida hukmdorlik qilgan. Bobomizning xotirasiga bag‘ishlab mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni ilmiy-texnik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli yoshlarning, jumladan, olis hududlarda istiqomat qilayotgan yigit-qizlarning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu tanlovda universitetimizning iqtidorli talabalari ham munosib ishtirok etib kelmoqda. “Energetika” fakulteti “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasidagi PhD Ya. Cho‘lliyev rahbarlik qilib kelayotgan “Digital World” to‘garak a’zolarining bir yo‘la 10 nafari eng yuqori natijaga erishdi. G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandi nomzodlar 2-bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Jumladan quyidagilar:

Talabaning F.I.Sh

Ta’lim yo’nalishi

1

Yangiboyev Diyorbek

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirirsh va boshqarish (tarmoqlar bo'yicha)

2

Mahkamov Najmiddin

Mexatronika va robototexnika,

3

No'monov Asiljon

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirirsh va boshqarish (tarmoqlar bo'yicha)

4

Abdullayev Otabek

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirirsh va boshqarish (tarmoqlar bo'yicha)

5

Ne'matov Bobur

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirirsh va boshqarish (tarmoqlar bo'yicha)

6

Makkamova Diana

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirirsh va boshqarish (tarmoqlar bo'yicha)

7

Kosjanov Muratbay

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirirsh va boshqarish (tarmoqlar bo'yicha)

8

Saidaliyev Muhammadjon

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirirsh va boshqarish (tarmoqlar bo'yicha)

9

Safarboyev Umidjon

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirirsh va boshqarish (tarmoqlar bo'yicha)

10

Umarov Behruz

Mexatronika va robototexnika

Bundan tashqari g‘olib talabalar “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan ertalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Talabalarning bu yutuqlarida kafedraning tajribali professor o‘qituvchilari ham yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan kafedra mudiri R.J Baratov, PhD A. Djalilov va kafedraning tayanch doktoranti A. Mustafoqulovlarning mehnati katta bo‘ldi. Talabalarning keyingi bosqichdagi yurishlarida ham omadlar tilab qolamiz.