TIQXMMI yangiliklari

img
17.05.2024

“Karyera kuni”tashkil qilindi

Bugun 17 may 2024 yil “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlariga universitet bitiruvchilarining intellektual salohiyatlaridan foydalangan holda, egallagan mutaxassislariga muvofiq ishga joylashtirish ishlarini va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish ushun vazirlik, hokimlik va tegishli tashkilotlar xodimlari ishtirokida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Universitetda bu kabi tashkil etilayotgan mehnat yarmarkalari ko‘plab talabalarning nafaqat bandligini ta’minlash, balki davlat tashkilotlarida tajriba orttirish imkoniyati yaratildi.  

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasida 112 dan ortiq vazirlik va unga qarashli bo‘lgan tizim tashkilotlari, muassasa hamda yetakchi korxonalardan kelgan mas’ullar o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini bitiruvchi yoshlarga taklif qilishdi. Talabalarning bir nechtasi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishdi va vaucherlar taqdim qilishdi.