Jismoniy tarbiya va sport

img

Jismoniy tarbiya va sport

“Jismoniy tarbiya  va sport ” kafedrasi mudiri

Norqobilov Muhiddin Najimovich dotsent

Теl.:  +998 (71) 237-19-41

Email: norqobilov_m@tiiame.uz

 

 

 

 

 

“TIQXMMI” tashkil etilgan davrlarda “Jismoniy tarbiya va sport” sohasi bo‘yicha mutaxassis-kadrlari yetishmasligi tufayli talabalarga jismoniy tarbiyadan dars o‘tish mashg‘ulotlari hamda talaba-yoshlar orasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish ishlarini olib borish, institut harbiy kafedrasi xodimlaridan P.Karvchenko, G.Sheninlar zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek,  “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi 1948-yili  tashkil etilib, birinchi bo‘lib  Ye.N.Lelyakova (1948-1949) yilari kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Undan keyin (1949-1952) yy., A.A.Korobeynikov, (1952-1956) yy., Yu.P.Yegorov, (1956-1960) yy., V.M.Kurlyand,  (1961-1964) yy., K.J.Djurayev,    (1965-1968) yy., V.N.Mixaylov, (1969-1972) yy., A.A.Agzamov, (1973-1980) yy., A.A.Bozorov, (1980-1981) yy., P.I.Lыsenko,  (1982-1986) yy., dos. B.I. Ibragimov, (1987-1988) yy., G.Z. Nurmuxamedov, (1989-2010) yy., prof. P.I.Donchenko, (2010-2011) yy.,  dos. A.R. Xodjanov, (2011-2012) yy., Ikromov B.T. (2012-2020) yy., M.N.Norqobilov. 2020-yildan kafedra fan yuklamasi qisqarib, “Professional ta’lim” kafedrasi  bilan birlashib faoliyati yuritildi.  2023-yil “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi qayta tiklanib, dotsent  Muhiddin Norqobilov kafedra faoliyati bo‘yicha ish yuritib kelmoqda. Bugungi kunda talaba-yoshlarga jismonan va ma’nan yetuk bilim berishda kafedra katta ilmiy-pedagogik salohiyatga ega. Kafedra professor-o‘qituvchilari  dotsent  Muxiddin Norqobilov, dotsent Aziz Xodjanov, assistent Mansur Tursunqulov, Abbos Eshturdiyev, Paxlavon Mamatov hamda Feruza Odilovalar samarali faoliyat yuritib kelishmoqda. Muhtaram  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyevning, Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha “Besh muhim tashabbusi” doirasida ilgari surilgan, “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish”ga yo‘naltirilgan topshiriqlarini ta’minlash maqsadida, oliygoh sport majmuasi binosida bir qancha ishlar amalga oshirildi.

 “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasining ichki va tashqi qismlari to‘liq kapital ta’mirlanib, bir qancha sport maydonlari barpo etildi. Shulardan; sport majmuasining old qismida suniy qoplamali zamonaviy mini-futbol maydoni, voleybol maydoni, badminton maydoni, “Street workout” maydoni, uzunlikka sakrash maydoni hamda yugurish yo‘lakchalari, shu qatorda, kafedra tarixi muzeyi,  fitnes klub (trenajyor) xonalari hamda zamonaviy usti yopiq suv havzasi  foydalanishga topshirildi. Oliygoh sport majmuasida iqtidorli talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini sermazmun va samarali o‘tkazish bo‘yicha barcha shart-sharoitlar yaratilib, ommaviy sportga keng jalb qilish ishlari jadal rivojlantirilmoqda. 2023-2024 o‘quv yilida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida universitet birinchiligi musobaqalar (mini-futbol, voleybol, stretbol, stol-tennis hamda yengil atletika) o‘tkazilib, sport turlari bo‘yicha “Irrigator” terma jamoalari shakllantirildi. Toshkent shaharida joylashgan 92 ta  Oliy ta’lim muassasalari terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda faol ishtirok etib, mini-futbol (5x5) musobaqasida “Irrigator” terma jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Kafedraning bugungi kundagi vazifalari – talabalarni jismoniy chiniqishi va sog‘lom hayot kechirish ko‘nikmasini shakllantirishga ko‘mak berish hamda jismonan baquvvat va ma’nan sog‘lom mutaxasislarni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liqdir.