img
13/02/2023

Jahon bankining REP-23112021/18-“Energy efficiency monitoring system of operated irrigation pumping stations in Uzbekistan” granti

Loyiha nomi: REP-23112021/18 “Energy efficiency monitoring system of operated irrigation pumping stations in Uzbekistan”.

Loyiha rahbari: dots. Nazir Ikramov

Loyihaning davomiyligi: 10.08.2022-10.08.2024 yy.

Loyiha qiymati: 480 000 AQSH dollari.

Loyihaning maqsadi: eksplutatsiya qilinayotgan sugʻorish nasos stansiyalarining koʻtarib berilayotgan suv sarfi va loyqaligi,  iste'mol qilinayotgan elektr energiya miqdori boʻyicha onlayn ma’lumot beruvchi energiya samaradorligining monitoring tizimini hamda  shaxsiy ehtiyojlarini energiya bilan ta'minlash uchun kompleks fotoelektrik tizimlarini ilmiy asoslash, ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.

Joriy etish obʻektlari: loyiha Ozbekistonning 7 viloyatida amalga oshiriladi, ya’ni: Buxoro viloyatining "Olot", "Jondor-1", "Jondor-3", "Yomonjar", "Paykent", "Soktari", Navoi viloyatining "Kanimeh-1", "Navoi" va “Urtachoʻl”, Surxandaryo viloyatining "Amu-Zang-1", "Amu-Zang-2", "Bobotogʻ", “Jayhun” va "Sherobod", Jizzax viloyatining  "DGNS", "DNS-2" va "DNS-3", Andijon viloyatining "Obi-Khayot", "Ulugʻnor", "Gulbahor-1p", "Asaka-Adir", "Raish-Hakent-1", "Raish-Hakent-2" va "Guliston", Namangan viloyatining "Namangan", “Buloqboshi” and “Rezaksoy-3”, hamda Fargona viloyatining "Dangʻara" and “Furkat-1” sug’orish nasos stansiyalarida. Kelajakda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufidagi 1600 dan ziyod sugʻorish nasos stansiyalari loyiha doirasida ishlab chiqilgan onlayn-monitoring tizimiga ulanishi mumkin.

Loyihaning asosiy bajaruvchilari:

Sultanov Tohirjon Zakirovich loyiha rahbari o‘rinbosari “TIQXMMI” MTU “Nazariy va qurilish mexanikasi” kafedrasi professori, t.f.d., Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor.

Shaazizov Farrux Shoakbarovich - katta ilmiy xodim, Ijrochi menejer, “TIQXMMI” MTU “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti, t.f.n.

Kasimov Farxod Orifjanovich - katta ilmiy xodim,TDTU”, “Ishlab-chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi dotsenti, PhD.

Gafurova Dilshoda Ramazanovna - katta ilmiy xodim, “TATU”, “Menejment va marketing” kafedrasi dotsenti, PhD.

Sabirov Xabibullo - katta ilmiy xodim, O‘zFA FTI, “Yuqori sezgirlikli yarimo'tkazgichli datchiklar laboratoriyasi” katta ilmiy xodimi, t.f.n.

Raximova Mexribonu Akrom qizi - kichik ilmiy xodim, UzMU, “Sun’iy intellekt” kafedrasi tayanch doktoranti.

Muxammadjonov Axmadjon Ulug‘bekzoda - Stajor-tadqiqotchi.