TIQXMMI yangiliklari

img
16.05.2022

Islom Karimov yodgorlik majmuasiga tashrif

Joriy yilning 14- may kuni “Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti xotin-qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Qodirova boshchilida universitetimizning bir guruh  talabalari O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.

Talabalar Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yib mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Talabalarimiz «Butun olamni jo etgan yurak» ko‘rgazmasida «Islom Karimov hayoti va faoliyatini  qamrab olgan ko'rgazma - badiiy portretlar ko'rgazmasi va fotoko'rgazmalar, albomlar, qiziqarli asarlar, prezidentning shaxsiy hayotidan olingan fotosuratlar va  boshqa bir qancha materiallar bilan tanishdilar.   Ko’rgazma I.Karimovning nafaqat davlat arbobi, balki uning insoniy fazilatlari - mehr-oqibat, muhabbat, insoniy g'oyalar va oilaviy qadriyatlarini ham aks ettiradi. Ko'rgazmadan so'ng talabalarga "Islom Karimov - mustaqil O'zbekistonning asoschisi" kitoblari taqdim etildi.

Talabalarimiz tashrifdan  buyuk ajdodlarimizga ehtirom, faxr tuyg'ularini his etgan holda, qalblarida shunday  Vatanni meros qoldirganlari uchun minnatdorlik tuyg'ulari jo'sh urdi.

“Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti xotin-qizlar masalasi bo'yicha dekan maslahatchisi Ra'no Qodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati