TIQXMMI yangiliklari

img
05.05.2023

Ish beruvchi tashkilot bilan uchrashuv

Joriy yil 5 - may kuni “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi Toshkent shahar tabiat resurslari boshqarmasi atmosfera havosini muhofaza qilish sho’ba boshqarmasi bosh mutaxassisi D.Raxmonova, suv obyektlarini muhofaza qilish shuba boshqarmasi boshlig‘i F.Muxiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi transport muammolarini o‘rganish markazi mutaxassisi U.Muxtorjonovlar “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo‘jaligida)” taʼlim yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda hozirgi kunda Toshkent shahridagi atmosfera havosini ifloslovchi manbalar, suv obyektlarini muhofaza qilish ularni aniqlash yo‘llarni va hozirda mutaxassislar keraklicha bo‘sh ish o‘rinlari mavjud ekanligi haqida maʼlumotlar berildi. Talabalar transport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlarni aniqlash va meʼyorlari bilan tanishdilar. 

Universitet matbuot xizmati