TIQXMMI yangiliklari

img
12.02.2024

Iqtisodiyot fakulteti talabarida Computer-based Listening exam tashkil qilindi

Joriy yilning 8-fevral sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Iqtisodiyot” fakulteti talabalariga Axborot Resurs Markazida Britaniya Kengashi tashkiloti online ta’lim platformasi orqali “Computer-based Listening exam” Kompyuterda tashkil qilingan tinglab tushunish komponenti bo’yicha imtixon o’tkazildi.Imtixonda fakultetning 102,108 va  111-gurux talabalari qatnashishdi. Tadbirni tashkil qilishda dekan muovini J.Turdiyev, fakultet tyutori G.Shodiyeva, Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’yicha ma’sul A.Berdimurodov, “Ingliz tili”kafedrasi o’qituvchilari G.Eshchanova va M.Xudoybergenova, ARM va Hemis ta’lim platformasi ma’sul xodimlari yaqindan yordam berishdi.    

 

Tadbirdan ko’zlangan maqsad fakultet talabalarining ingliz tilida B1, B2 va C1 darajalar bo’yicha tinglab tushunish, savollar kontekstini anglash, xalqaro imtixon materiallaridagi turli metod va usullarga axamiyat berish va muloqot doirasida e’tiborga loyiq til komponentlarini samarali o’zlashtirishga qarartilganligi bo’lib, bu kabi sinov tarzida o’tkazilgan onlayn rejimidagi imtixonlar talabalarga  audio materiallarni tushunishda o’zlarining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlashga yordam berib, til  ko’nikmalarini yanada yaxshilashga zamin yaratadi.