TIQXMMI yangiliklari

img
27.05.2024

Iqtidorli yoshlarga e’tibor

Har yili o‘tkazilishi an’anaga aylanib ulgurgan va ko‘plab yoshlarni bir joyga jamlab ularning ilmiy va innovatsion loyihalarini qo‘llab quvvatlash uchun o‘tkazilib kelinayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichi 24-may kuni yakuniga yetdi.

Quvonarlisi shundaki Universitetimizning Energetika fakulteti "Elektrotexnika va mexatronika" kafedrasi "Digital World" to‘garagi a’zosi Yangiboyev Diyorbek tanlovning respublika bosqichida sovrindorlar qatoridan joy oldi. G’oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Talabamizning bu yutuqlarini kafedramiz jamoasi ham e’tibordan chetda qoldirmadi va Diyorbekga kefadra mudirining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.