TIQXMMI yangiliklari

img
18.12.2023

Iqtidorli talabaning loyihasi

Joriy yilning 14 dekabr kuni  2TTJ da  “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi nominatsiyasi”  sovrindori  Mirvalieva Gavxar Olimjon qizi bilan davra suhbati tashkil etildi. “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin – qizlar  masalalari bo‘yicha  dekan maslahatchisi E.G‘aniboeva so‘zga chiqib, universitetimizda tahsil olayotgan talabalarga yaratilgan sharoit va  imkoniyatlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

So‘ngra “Smart  water  sistem” loyihasi muallifi talaba G.Mirvalieva so‘zga chiqib,  yurtimizda ko‘plab hududlarda suv tanqisligi muammolari mavjudligi suvdan oqilona foydalanish talablariga rioya qilish bo‘yicha ma’lumotlar  berdi. Talaba-qizlarni loyihada birgalikda ishlashga  taklif  bildirdi. Davra suhbati qiziqarli savol-javoblar  tarzda olib borildi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboeva axboroti

Universitet matbuot xizmati