TIQXMMI yangiliklari

img
22.10.2022

Iqlim o‘zgarishi va suv resurslari

2022 yil 20 oktyabr kuni Universitetimizning G-bino 2-ma’ruzalar zalida Germaniya yer tadqiqotlari markazi O‘rta Osiyoda suv loyihasi rahbari, Gumboldt universiteti dotsenti Abror Gafurov “Gidromelioratsiya fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya”, “Daryo va suv omborlari gidrologiyasi”, “Suv xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalariga “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi va suv resurslari” mavzusidagi muammoli ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi, ma’ruzada Gidromelioratsiya fakulteti dekani A.Fatxulloev hamda fakultetning professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Ma’ruza davomida dotsent. Abror Gafurov talabalarga global iqlim o‘zgarishi va Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi tushunchasi mintaqani yuqori oqim (Qirg‘iziston, Tojikiston) va quyi oqim (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston) o‘rtasida taqsimlaydigan transchegaraviy daryolar Amudaryo va Sirdaryoning hozirgi kundagi taqsimlanish miqdorlari haqida ma’lumot berdilar. Talabalarga Respublikasida mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga e’tibor qaratish lozimligi haqida ta’kidlab o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishib, muammoli ma’ruza talabalarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Universitet matbuot xizmati