TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2023

“Inson qadri ulug’ xotirasi muqaddasdir”

Ko‘pmillatli tinchliksevar O‘zbekiston xalqi uchun fashizm ustidan g‘alaba qozonilgan 9 may sanasi avvalo Xotira va qadrlash kuni sifatida aziz va mo‘'tabardir, xotira insonning insonligini anglatadigan tushuncha, uni o‘tmish va istiqbol bilan bog‘lab turadigan buyuk ruhiy-ma'naviy qudratdir. Ushbu sana munosabati bilan “Ekologiya va huquq”  fakul'teti Xotin-qizlar kengashi raisi B.Mamadaminova,  xotin-qizlar kengashi faoli dotsenti H.Botirova va 3 TTJ pedagog tarbiyachisi N.Turaqulovalar 3- TTJ yashovchi talaba qizlari bilan “Inson qadri ulug’ xotirasi muqaddasdir” mavzusida tadbir tashkil etdilar. So‘zga chiqqan ustozlar,  Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma'noga egadir.

Bugungi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki: bunday nom olgan bu sana yurtimizda umumxalq bayramiga, haqiqiy an'anaga aylanib qoldi. Nega deganda, xotira va qadrlash tushunchalari asl milliy qadriyatlarimizga javob berib, ota-bobolarimizdan qolgan ham diniy, ham insoniy urf-odatimizdir.  O‘tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan. El-yurt tinchligi va ozodligi uchun kurashgan mard va jasur insonlar xotirasini yod etish orqali biz Vatan uchun jonini fido etgan qahramon ota-bobolarimizning nomlarini sharaflash, ularga yuksak hurmat ko‘rsatishni tushunish kabi tamoyillar talaba qizlarga etkazildi.