Ingliz tili

img

Ingliz tili

“Ingliz tili” kafedrasi mudiri 

Isroilova Baxtijon Baxromjon qizi

Tel.:+99871 237 06 18

E-mail: isroilovabaxtijon@gmail.com

 

 

 

 

“Ingliz tili” kafedrasi “O‘zbek tili va chet tillar” kafedrasi tarkibidan 2013 yilning dekabr oyi oxirida ajralib chiqdi va 2014 yilning yanvar oyidan boshlab mustaqil kafedra sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Avvalgi kafedra tarkibida ingliz tili bilan birga nemis, fransuz, o‘zbek va rus tillari ham mavjud edi. 2014-2018 o‘quv yillariga mo‘ljallangan ingliz tili kafedrasi proofessor-o‘qituvchilari “Ingliz tilini o‘rgatish jarayonida talabalarda kommunikativ xabardorlikni shakllantirish” mavzusi ustida ilmiy-pedagogik faoliyat olib borib 1 ta monografiya e’lon qilishdi. 2018-2023 o‘quv yillariga mo‘ljallangan ITI mavzusi “Ingliz tili o‘qitish jarayonida talabalarda kognitiv motivatsiyani shakllantirishda innovatsion yondashuv shakl va metodlari” ustida ingliz tili kafedrasi proofessor-o‘qituvchilari ilmiy-pedagogik faoliyat yuritib, 3ta monografiya, 10ta darslik, 5ta metodik va uslubiy  qo’llanma yaratishdi.

Kafedrada 3 ta dotsent, 3 katta o‘qituvchi, 26 nafar o‘qituvchilar hamda 1 nafar kabinet mudiri mehnat qilmoqda. Hozirgi kunda 2024-2029 yillarga mo'ljallangan “Ingliz tili o'qitishning turli zamonaviy metod va prinsplarini o'rganish va ularni dars jarayoniga samarali tadbiq etish”ga doir Ilmiy Tadqiqot Ishlari ustida kafedra professor o'qituvchilari ilmiy -pedagogik faoliyat olib borishmoqda. Shu yilning o’zidayoq 1ta darslik va 1ta metodik qo’llanma nashrdan chiqdi. Istiqbolli rejalar doirasida hamkorlik shartnomalari ham yo’lga qo’yilgan bo’lib, 10dan ortiq Oliy Ta’lim Muassasalarining muayyan kafedralari bilan o'zaro ilmiy-amaliy ishlar va ularning tadbiqi bo'yicha shartnomalar imzolandi, ijrosini ta’minlash doirasida o’zarohamkorlik ishlari olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, Toshkent viloyati Piskent tumani 1-Ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi bilan ham o’zaro ilmiy-ma’rifiy ishlar olib borish bo’yicha shartnoma tuzilib, kafedra o’qituvchilari tomonidan seminar treyninglar o’tkazib kelinmoqda. Kafedra o'qituvchilari universitetning ilmiy, pedagogik ma'naviy-marifiy ishlarida faol ishtirok etib, talabalarning o'quv jarayoniga motivatsiyasini yanada oshirish, talaba yoshlarning aqlan yetuk, ma'nan sog'lom, xalqaro standartlarga to'la javob beradigan kadrlar bo'lib yetishshlariga o'z hissalarini qo'shib kelmoqdalar. Aynan shu maqsadda, kafedra qoshida talabalar uchun 3ta turdagi to’garak tashkil etilgan bo’lib, sertifikatga ega va tajribali ustozlar tomonidan olib borilmoqda. Shuningdek,  “Ingliz tili” kafedrasi o‘qituvchilari har yili iqtidorli talabalarni fanlar Olimpiadasiga tayyorlashda o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Kafedra o‘qituvchilari o‘quv jarayoni va universitet faoliyatida faol ishtirok etmoqdalar.

Kundan kunga chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning ortib borishini hisobga olgan holda kafedrada o‘qituvchilari tomonidan ingliz tili o‘rgatishga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘qitish va o‘rgatish tizimini yanada takomillashtirish” to‘g‘risidagi  2012 yil dekabrdagi  oyidagi PQ-1875-sonli qaroridan kelib chiqqan holda nofilologik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari talabalariga ingliz tili o‘rgatish samaradorligi oshirish, talabalarda ingliz tili o‘rgatish motivatsiyasi oshirish, qiziqtirish, ingliz tili o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqlarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim berish usullarini takomillashtirish va ulardan kengroq foydalanishga erishish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishiga erishishning optimal yo‘llari tanlanadi va ilmiy asoslanadi. Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi toʼgʼrisida”gi 4947-sonli qarori da taʼlim sifatini tubdan yaxshilash, chet tillarini chuqur oʼrganishni osonlashtirish, kompyuter, fan va boshqa mashhur fanlar bilan oʼzaro aloqa darzda barcha konikmalarni shakllantirish muhimligiga eʼtibor qaratiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida chet tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli qarori ijrosi tobora ortib bormoqda. , va aholining chet tillarini bilish darajasi ortib bormoqda. Shu yillarda xorijiy tillarni o‘rganishni rivojlantirish va uni keng joriy etish ana shunday ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. Vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Ingliz tili” kafedrasi barcha professor-o’qituvchilari muntazam va samarali faoliyat yuritib kelmoqdalar.

Bu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar ijtimoiy-iqtisodiy, ta’limiy va madaniy sohalarda ingliz tilidagi dialogik nutqni bemalol qo‘llana olishlari imkoniyati yaratiladi. Ingliz tili o‘rgatishning asosiy uslublaridan biri talabalarda kommunikativlikni shakllantirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llanishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasining global bozor iqtisodiyoti tizimiga tobora chuqurroq kirib borayotganligi natijasida boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayib borayotir. Shu bilan birga ularda ingliz tilini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, chet tilini o‘rgatish sifatini oshirishga qaratilgandir. Xalqaro hamkorlik doirasida iqtisodiy investitsiyalarni O‘zbekiston suv xo‘jaligi tizimlariga samarali jalb qilish masalasi ingliz tilini puxta bilgan mutaxassislarga bo‘lgan talab asosida ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlari belgilab olingan, hamda shu doirada “Ingliz tili” kafedrasining faoliyat ko‘rsatishi muhimdir.